
Chegarani kesib o‘tuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning boj to‘lovisiz olib kirilishi me’yorlari qat’iylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi de xabar berdi Kun.uz nashri.
Bu qarorga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar olti oyda bir marta (avval bir oyda bir marta) O‘zbekistonga boj to‘lamagan holda bir dona maishiy yoki kompyuter texnikasi olib kira olishadi.
Ro‘yxatda maishiy va ofis texnikasining 20 turi keltirilgan. Bular sovitgichlar, konditsionerlar, elektr plitalar, televizorlar va shu kabilar. Bu tovarlarning umumiy og‘irligi 10 kg dan oshmasligi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar