date
views 4 475

“Men musulmonman, bolalarim – nasroniy”

“Men musulmonman, bolalarim – nasroniy”
Boshqirdiston rahbari vazifasini bajaruvchi Radiy Xabirov “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida o‘zining musulmon ekanini, biroq farzandlari boshqa dinga e’tiqod qilishini aytdi.

Jurnalist Sergey Brilev Xabirovdan nima uchun xonasida Qur’on va ikona yonma-yon turganini, o‘zi esa qaysi dinga e’tiqod qilishini so‘radi.

“Men musulmonman, dindor musulmonman, – dedi Boshqirdistonning muvaqqat rahbari. – Lekin oilamda shunday qiziq holat yuzaga kelgan: mening uch farzandim bor va ularning bari pravoslav. Rafiqam – rus millatiga mansub”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Men musulmonman, bolalarim – nasroniy”