
Bosh prokuratura departamenti Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda mazkur idora axborot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv davomida fuqaro G.A. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy aviakassa tashkil qilib, 8 nafar fuqaroga aviabilet olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 16,8 mln. so‘m va 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar