O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni — The Muslim 500 ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Iordaniya poytaxti Ammandagi Podshohlik strategik tadqiqotlar islom markazi Jorjtaundagi Musulmon-nasroniy anglashuv markazi ko‘magida eng nufuzli 500 musulmonning navbatdagi ro‘yxatini tayyorladi. Ro‘yxat 2009 yildan beri har yili muntazam e’lon qilib boriladi.
Bu yilgi ro‘yxat boshida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turibdi — o‘tgan yili Turkiya yetakchisi beshinchi bo‘lgandi. Undan keyin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz, uchinchi o‘rinda esa Iordaniya podshohi Abdulla Ikkinchi ibn al-Husayn joy olgan.
Mashhurlardan Turkiya sobiq prezidenti Abdulloh Gul, Turkiya sobiq tashqi ishlar vaziri Ahmed Davuto‘g‘li, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanlugi Berdimuhamedov ham ro‘yxatga kiritilgan.
Bu yilgi ro‘yxatdan ilk bor aralash jang san’ati bo‘yicha jahon chempioni, rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov ham o‘rin oldi. Boshqa sportchilardan «Arsenal» futbol klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh, yengil atletikachi, to‘rt karra Olimpiada chempioni Mo Farani ko‘rsatish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi