22:29 / 25.10.2018
5 668

Toshkent metrosining Sergeli liniyasi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent metrosining Sergeli liniyasi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi
Bugungi kunda Toshkent shahrining uchta hududida yer osti va yer usti metro qurilishi ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Temiryo‘lchi ko‘priksozlar tomonidan bunyod etilayotgan, uzunligi 7,1 kilometrga teng bo‘lgan Sergeli liniyasi 2020 yilga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qurilishning o‘ziga xos jihati shundaki, Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan, yangicha estakada usulida bunyod etilayotganidir. Mazkur yer usti metro yo‘li ko‘priksimon tarzda bo‘lib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha 5 bosqichda amalga oshirilishi va bu metro liniyasida 38 ta bekat barpo qilinishi belgilangan.

Ayni kunlarda loyihaning dastlabki bosqichida Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 7 ta bekatdan iborat qismi qurilmoqda. Ushbu yer usti metrosi 2019 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik metro liniyasining “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari “Do‘stlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosining Sergeli liniyasi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi