28 oktyabr kuni kechqurun soat 20:00da Andijon tumani, “Chorbog‘” mahallasida yashovchi Bahrom Inomov o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida kaliti bilan qarovsiz holda qoldiradi va xonadoniga kirib ketib, yarim soatlardan keyin avtomashinasi yo‘q ekanligini bilib, ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi.
Shundan so‘ng viloyatda “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, barcha shahar-tuman IIBlariga, chegara harbiy qismlarga, Farg‘ona va Namangan viloyati IIBlariga xabar qilingan.
Andijon viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomashinani B.Inomovning qo‘shnisi A.M. mast holatda minib qochgani aniqlanadi.
Ayni paytda A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi