
1976 yil Sherobod tumanida tug‘ilgan, beva, bir nafar farzandi bor, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlangan Karima Hasanova (maqoladagi ism–shariflar o‘zgartirildi) Mirobod tumani IIB JQ va UJQKB xodimlari o‘tkazgan tadbir davomida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi poytaxtga kelib–ketib yurib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan.
«Mijozlarim ko‘p»
Poytaxtga tez–tez kelib–ketib yurgan K.Hasanova fohishalik bilan shug‘ullanuvchi qizlarni yaxshi tanir edi. Kim qaysi tumanda yashashi, bu ishda necha yillik tajribaga egaligi, narx–navo, xullas, qo‘shmachilikni kasb qilganlargina bilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar unda yetarlicha bo‘lgan.
K. Hasanova navbatdagi mijozning buyurtmasini yetkazib berayotganida qo‘lga olindi.
O‘sha kuni K.Hasanovaga o‘zini Umid To‘rayev deb tanishtirgan yigit qo‘ng‘iroq qilib, jinsiy yaqinlik qilish uchun qizlar kerakligini aytadi. «Muammo yo‘q, ukam, nechta bo‘lsin?», deya savdoni boshlagan qo‘shmachi «xolis xizmat” necha so‘m bo‘lishini qistirib o‘tadi. U.To‘rayev ayolning shartini qabul qiladi va ular Mirobod tumanida joylashgan savdo markazi yonida uchrashishga kelishishadi.
K.Hasanova buyurtmachining talabidan kelib chiqib, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi qizlarning bir nechtasiga qo‘ng‘iroq qiladi.
Qo‘shmachi ayol galdagi «operatsiya» uchun N.Karimova, M.Po‘latova va J.Sattorovani tanlaydi. Qizlar bilan qo‘ng‘iroqlashib, uchrashuv joyi, vaqtini aytadi.
23:00lar atrofida K.Hasanova buyurtmachi bilan uchrashadi. «Kaptiva» rusumli mashinada kelgan mijoz uch qizdan ikkitasini tanlab oladi. Qo‘shmachi xotin J.Sattorova va N.Karimovaning ta’rifini keltirib, har biri uchun 100 000 so‘m so‘raydi. U.To‘rayev xamyonidan 200 000 so‘m chiqarib, K.Hasanovaga bergach, qizlar mashinaga o‘tirishadi. Oldi– berdi pishdi, endi K.Hasanova mijozga ma’qul kelmagan qiz – M. Po‘latovani «Matiz» rusumli mashinaga o‘tkazadi. Hammalari tarqalmoqchi bo‘lib turishganida fuqarolik kiyimidagi ichki ishlar xodimlari kelib, ularni to‘xtatishadi.
Qolganini bilasiz, qo‘shmachi xotin ham, o‘z ixtiyori bilan fohishalik bilan shug‘ullanayotgan qizlar ham tergovga jalb qilindi.
Aniqlanishicha, qo‘shmachilik – K.Hasanovaga yangilik emas. U avval ham qizlarni fohishalikka boshlab, buning uchun yaxshigina haq olib kelgan.Muqaddam sudlangan bo‘lishiga qaramay, o‘zi uchun tegishli xulosa chiqara olmagan ayol yana qora kursidan joy oldi. Achinarlisi, uning qaramog‘ida bir farzandi bor.
Moddiy qiyinchilik sababmi?
Sudda guvoh sifatida ko‘rsatma bergan M.Po‘latova fohishalik bilan shug‘ullanishi sababini – moddiy tomondan qiynalganligi bilan izohlagan. Qizig‘i, uning bu vaji hech qanaqasiga o‘zini oqlamadi. Negaki, bu ishni o‘ziga kasb qilib olgan qizlarning aksariyati hunar o‘rganish, ishga joylashish, mehnat qilib pul topish haqida umuman o‘ylashmaydi.
Fohishalikni kasb qilganlar orasida shundaylar ham borki, «Bir–ikki so‘m ishlab, uy–joy qilishga yetadigan pul qilib olsam, bu ishni yig‘ishtiraman», deydi. Biroq ular bilishmaydiki, haromdan kelgan pul hech qachon buyurmaydi. Hatto keyinchalik bu ishni bas qilgan taqdirda ham uni tanigan-bilganlar uchun tanasini sotgan ayol bo‘lib qolaveradi.
Sudda guvohlik bergan N.Karimova va J.Sattorova ham K.Hasanovaning taklifini faqat moddiy yetishmovchilik sabab qabul qilganliklarini bildirishgan. Aniqlanishicha, ular avvaldan bu ish bilan shug‘ullanib kelishadi. Buyurtmachi bilan uchrashuv oldidan K.Hasanova qizlarni bir joyga yig‘ib, ularga mijoz borligini aytgan. So‘ng taklif etilishi rejalashtirilayotgan pulda uning ham ulushi borligini qat’iy tayinlagan.
Dastlabki tergovda so‘roq qilingan va ko‘rsatmasi taraflarning roziligi bilan o‘qib berilgan guvoh U.To‘rayev Mirobod tumani IIB boshlig‘iga qo‘shmachilik bilan shug‘ullanayotgan ayol haqida yozma xabar bergan. Qo‘shmachi xotinga qarshi qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan U.To‘rayev arizasida yozilgan holatni tasdiqlash maqsadida K.Hasanovaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini mijoz sifatida tanishtirgan.
Karima Hasanova O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati
hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi sudyasi
Bobirjon Inog‘omov bilan hamkorlikda tayyorlandi
hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi sudyasi
Bobirjon Inog‘omov bilan hamkorlikda tayyorlandi
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar