Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanining 3-sektorida joylashgan “Xalqobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Bo‘z ovul” fermer xo‘jaligi tomonidan olib kelingan 2110 kilogramm paxta o‘lchovdan o‘tkazilgandan keyin ko‘zdan kechirilganda traktor tirkamasidagi paxta orasida odam borligi aniqlangan. Bu odam traktor tirkamasidan tushirilib qayta o‘lchanganda, paxtaning og‘irligi 2020 kilogramm tosh bosgan.
Yana shunday holat: ushbu jamiyatga qarashli “B.Karimberdiyev” paxta qabul qilish punktiga “Alliyar Azamat” fermer xo‘jaligi tomonidan olib kelingan 1426 kilogrammlik paxta xom ashyosi o‘lchangandan keyin tekshiruvdan o‘tkazilganda, paxta yuklangan traktor tirkamasining ostida jami 330 kilogramm tuproq solingan 5 xalta va 6 ta tarvuz borligi aniqlangan.
Ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat inspeksiyasi Kegeyli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha bo‘lim tomonidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tuman ma’muriy sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Sud tomonidan joriy yil 30 oktyabr kuni huquqbuzarlarning har biriga eng kam ish haqining bir barobaridan, ya’ni, 184 ming 300 so‘mdan ma’muriy jarima solingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?