Yil davomida O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining ish haqi qariyb 52 foiz oshiriladi. 2018 yilning 1 dekabrida ish haqi dastlab 20 foiz oshadi. Bu haqda Moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov ma’lum qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirishni tartibga soldi. Shunday qilib, 2018 yilning 1 dekabridan boshlab sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining oylik maoshlari 20 foiz oshiriladi”, – dedi Dilshod Sultonov.
2019 yilda ish haqi ikki marta oshiriladi: aprel oyida 15 foiz va kuzda 10 foiz.
Ta’kidlash joiz, joriy yilda sog‘liqni saqlash tizimiga 800 mlrd so‘mga yaqin investitsiya kiritildi. Keyingi yilda ushbu ko‘rsatkichni 1,2 trln so‘mga oshirish rejalashtirilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida tibbiyot muassasalari xodimlarining oylik maoshi o‘rtacha 1 mln so‘mdan ko‘proq bo‘lgani qayd etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy soha xodimlarining ish haqini oshirish lozimligini, xususan, tibbiyot xodimlarinikini 26,5 foiz, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarinikini 1,5 barobar oshirish zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi