
Toshkent shahrining Yashnabod tumanida o‘zining 1 yashar go‘dagini 1, 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Voqea shu yil 5 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Yu. N. ismli ayol tuman hududida 2017 yil 4 noyabrda tug‘ilgan farzandini «A» ismli shaxsga 1, 000 dollar evaziga sotib yuborgan. Vaholanki, xaridor ichki ishlar xodimlari tarafidan tashkil etilgan tezkor tadbir ishtirokchisi, ya’ni, militsiya xodimi bo‘lib chiqdi. Ayol oldi-sotdi bo‘lib o‘tgan yerda qo‘lga olindi.
Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 135-moddasi, 3-qismi, «a» punktiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu modda bilan aybdor deb topilganlar odatda 8 dan 12 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Manba: uznews. uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar