O‘zbekistonda mehnat bozoridagi asosiy muammolardan biri bu norasmiy sektorda bandlik darajasi kattaligidir, bunda barcha ishlovchilarning 56 foizi jamlangan, deyiladi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev tomonidan tayyorlangan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, aynan shu holat qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda - davlat byudjetiga soliq to‘lovlari kelib tushmayapti va bu holat istiqbolda pensiya tizimiga ham o‘z “yukini“ tushirmoqda.
Ushbu muammoni hisobga olgan holda, mavjud “soyada“ bo‘lib kelayotgan: ustachilik, mardikorchilik, kirakashlik, uy xizmatlari va shunga o‘xshash faoliyat turlariga patent tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bunda bir yillik faoliyat uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari miqdorida patent to‘lovini amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini legallashtirish maqsadida: “Aholi bandligi to‘g‘risida“gi qonunning yangi tahriri chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Hujjat ishga joylashishning yangi shakllari (autsorsing, autstaffing, masofaviy ish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, elektron mehnat daftarchalari va elektron mehnat shartnomasiga o‘tish, vakansiyalarni yashirganlik va ishga asossiz qabul qilmaslik holatlari uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi