4 462
Naim Karimov: "Ibrat 1937 yilda otib o‘ldirilmagan, qiynoqlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan"
75 yoshli Ishoqxon to‘ra Ibrat 1937 yilda otib o‘ldirilmagan, balki qiynoqlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Akademik Naim Karimov To‘raqo‘rg‘ondagi Ibrat nomli tillar maktabida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda shunday farazni ilgari surdi.
“O‘sha davrlarga oid hujjatlarda Ibratning otib o‘ldirilgani haqidagi asosli ma’lumotlarga duch kelmadim. Shu tufayli 75 yashar olim qiynoqlar oqibatida o‘lgan, degan xulosaga keldim", – deydi akademik Naim Karimov.
Tadbirda “Muzey ekspozitsiyalarida Ibrat faoliyatining yoritilishi”, “Ibrat o‘rgangan Axsi”, “Ibratning qatag‘on etilishiga doir yangi ma’lumotlar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ma’rifatparvar olimning bugungi kunda hayot avlodlari xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Anjuman joriy yilda Oliy Majlis qoshidagi fondning 30 mln so‘m miqdoridagi grantiga sazovor bo‘lgan Ibrat xalqaro jamoatchilik jamg‘armasining viloyat hokimligi va Namangan davlat universiteti ko‘magidagi ilk loyihalaridan biri bo‘ldi.
Jamg‘arma ijrochi direktori, ma’rifatparvarning evarasi Ikromjon Sodiqovning aytishicha, kelgusida Ibrat yurgan manzillar bo‘ylab xalqaro ekspeditsiya tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi