O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi ikki yilda Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shu bilan birga, u yerda zamonaviy shaharsozlikdagi barcha yangiliklarni joriy etish, namunaviy infratuzilma yaratishni ham aytgan, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
15 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga borgan. Davlat rahbari loyihalar taqdimoti bilan tanishgan. Mo‘ynoqning mavjud salohiyati, tabiiy imkoniyatlaridan foydalanib, ichki bozorga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
"Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan asli shu – Mo‘ynoq aholisi, – degan Shavkat Mirziyoyev. – Ularning sabr-qanoati, vatanparvarligi, mehnatkashligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak".
Mo‘ynoq O‘zbekistonning eng shimoliy hududi bo‘lib, u yerda 30 mingdan ziyod aholi yashaydi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilda Mo‘ynoq tumanida yana ko‘plab – sanoat sohasida 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ekologiya muzeyi zalida mahalliy aholi vakillari bilan ham uchrashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"