4 229
Farg‘onada xonadonida neft mahsulotlarini qayta ishlash sexi tashkil etgan fuqarolar aniqlandi
Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshloq va Qo‘shtepa tumanidagi ayrim xonadonlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshloq tumanida yashovchi fuqarolar M.N. va R.Z. o‘z xonadonida qonunga zid ravishda neft mahsulotlarini qayta ishlash sexi tashkil etganligi aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan «Daryo» ma’lum qildi.
Mazkur fuqarolar neftni qayta ishlovchi qo‘lbola uskunalarni o‘rnatgan holda hech qanday hujjatsiz turli xil neft mahsulotlari ishlab chiqarib, katta daromad olib kelgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida ularning 13 million so‘mdan ortiq qiymatdagi xom-ashyosi vaqtinchalik olindi.
Qo‘shtepa tumanida ham xuddi shunday holat fuqaro N.E. faoliyatida ham kuzatilib, 900 ming so‘mlik neft mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Shuningdek, ushbu fuqarolarga kelajakda qonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun tavsiyalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin