02:36 / 17.11.2018
3 721

Yangiyo‘ldagi savdo do‘koni o‘g‘rilari yuqori sinf o‘quvchilari ekani aniqlandi

Yangiyo‘ldagi savdo do‘koni o‘g‘rilari yuqori sinf o‘quvchilari ekani aniqlandi
Shu yilning 6 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, “Nooziq-ovqat” do‘koni rahbari, M.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 4 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Yangiyo‘l shahar Navro‘z mahallasida joylashgan do‘koniga eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 21 mln. 800 ming so‘mlik 50 dona turli xildagi mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l shahar Ramadon mahallasida yashovchi 12-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari Sh.N. va D.M.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘ldagi savdo do‘koni o‘g‘rilari yuqori sinf o‘quvchilari ekani aniqlandi