3 233
Prezidentga fortepiano chalib bergan askar imtiyoz asosida konservatoriyaga qabul qilinadi

Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus garnizonida bo‘lib, harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Shavkat Mirziyoyev bu yerda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirgan, yoshlar bilan suhbatlashgan edi.
O‘shanda garnizondagi harbiy qismlarning birida yigitlik burchini o‘tayotgan oddiy askar Jamshid Himmatov O‘zbekiston Prezidentiga fortepianoda kuy ijro etib, barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Prezidentning topshirig‘iga ko‘ra, Jamshid Himmatov muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi.
«Prezidentimizning biz xizmat qilayotgan garnizonga tashrifidan xabar topgach, u kishiga fortepianoda milliy mumtoz qo‘shiqlarimizdan birini ijro etib berish tashabbusi bilan chiqdim. Bu fikrimni komandirlarim, xizmatdosh do‘stlarim ham qo‘llab-quvvatladi va men orzuimga erishdim. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan menga bildirilgan yuksak ishonchdan unumli foydalanib, kelajakda Qurolli Kuchlarimiz harbiy orkestrida xizmat qilish niyatim bor», — deydi Jamshid Himmatov.
Jamshid Himmatov 1998 yili Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tug‘ilgan. 2017 yili Termiz san’at kollejida «Akademik vokal artisti» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2018 yili muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan va hozirda Nukus garnizonida yigitlik burchini o‘tamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi

Oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Nukusda harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi harbiy qismga bordi

“Askar” abiturientlar! Endi qo‘shimcha ball uchun imtiyozlar o‘zgardi

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi