
O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda hukumat qarori imzolangan.
U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan Laziz Tangriyevning o‘rnida ish boshlaydi.
Komil Allamjonov 2017 yilning dekabrida prezident matbuot kotibi va prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimlarini egallagandi.
2018 yilning 27 avgustida esa prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibiga aylangandi.
U shu yilning oktyabr oyi boshida lavozimdan ketgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar