Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Nizomga muvofiq, xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarda ro‘yxatda turgan, yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, o‘rindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan, vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan, old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining tusi o‘zgartirilgan avtotransport vositalari tushuniladi.
Oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida chegara bojxona postidagi bank kassalari orqali majburiy yig‘im undiriladi. Kassada kvitansiya rasmiylashtiriladi hamda uning bir nusxasi haydovchiga beriladi.
Yo‘l-patrul xizmati haydovchilardan majburiy yig‘imlar undirilganligini tekshirish uchun kvitansiya nusxasini ko‘radi, majburiy yig‘imlar to‘lanmaganligi aniqlanganda ma’muriy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining ikki baravarimiqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi