2018 yilda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi o‘tgan shu davrga qaraganda qariyb 20 foizga oshgan va mos ravishda energiya ishlab chiqarish uchun xom-ashyo vositasi - gaz yetkazib berish ham ko‘paygan.
Aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiya tanqisligi holatidan so‘ng, «O‘zbekneftgaz» elektr ishlab chiqaruvchi «O‘zbekenergo» rahbariyati bilan uchrashib, bir stol atrofida har kunlik iste’mol uchun talab etiladigan energiya ishlab chiqarish uchun, unga zarur gazni yetkazib berish masalasi hal qilingan. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining o‘rinbosari Odil Temirov ma’lum qildi.
«Aholi energiya uchun xom-ashyo yetishmasligi tufayli tok berilmasligi bo‘lmaydi. Bu haqda o‘ylanmasa ham bo‘ladi. Qolaversa, kelasi yildan yangi IES ishga tushiriladi», - deydi Temirov.
26 noyabr kuni tonggi soat 3.00da «Xorazm podstansiya»da jiddiy avariya yuz bergan. Natijada, viloyat markazi va tumanlari elektr tarmog‘idan uzilib qolgan. Podstansiyadagi avariya juda katta yuklama va noqulay ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgandi .
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan «O‘zbekenergo» vakiliga ko‘ra, elektr energiyaning yetishmovchiligi issiqlik elektr stansiyalarida tok ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i, xususan gazning cheklov bilan yetkazib berilishiga bog‘liq.
«Iste’mol normasidan ortiqcha sarflangan tokni yetkazib berishda jiddiy muammolar mavjud. Masalan, birdan talab oshib ketadi, tabiiyki, yuklanish ortib ketgani uchun tizimda avariyalar kuzatiladi. Hammaga birdek energiya yetkazib berish uchun gaz kerak», - deydi u.
Avvalroq, «gaz zapravka»larda metan gaz narxining birdan oshib ketishiga aslida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqsimlangan gazning talab darajasida yetishmasligi aytilgandi.
«O‘zbekneftgaz» muammoni vaqtincha bartaraf etish uchun limit doirasida AGTKSlarga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan. Shuningdek, Moliya vazirligi xodimi metan gaz narxi bo‘yicha siyosatda o‘zgarish kutilayotganini ma’lum qilgan.
«O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ Uglevodorodlarni qazib chiqarish va gazni qayta ishlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkat Ulug‘ov esa O‘zbekistonda yo‘ldosh gazlardan elektr energiya ishlab chiqarish usuli qo‘llanilayotganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi