O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ikki kunlik safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Prezident tashrifning oxirgi qismida Urganch shahri markazidagi Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud ko‘chalari kesishmasidagi maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.
Bu yerda Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.
Prezident Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli bo‘lishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini ta’kidlagan.
«Bu maydonda tariximiz namoyon bo‘lishi, u Xorazmning «tashrif qog‘ozi»ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.
Prezident bog‘ hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.
Shu yerda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga doir loyihalar bo‘yicha ham ma’lumot berilgan.
Shu bilan prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi