O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng viloyatning 5 ta tumanida hokimlar almashgan. Bu haqda «Turon24» xabar berdi.
Xususan, 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Salayev Gurlan tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha Salayev Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shu kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘ktam Masharipov Yangibozor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Ushbu tayinlovga qadar u Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan.
Sobir Jumaniyazov Xiva shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Ushbu masala 1 dekabr kuni Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rilgan. U 2013 yildan «GM Uzbekistan» yopiq aksiyadorlik jamiyati Xorazm filiali boshqaruvchi direktori lavozimida ishlayotgan edi.
1 dekabr kuni o‘tgan Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ravshan Jabborov ushbu tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U 2014 yildan Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lib ishlayotgan edi.
Shuhrat Abdullayev Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha u Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan edi.
30 noyabr kuni Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi