«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini ushbu ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotimizdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.
«Munosib topilgan nomzodlarni kamida bir yil o‘qitib, tayyor sudya sifatida lavozimga tayinlash tizimini joriy etish zarur. Buning uchun Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabini tashkil etishni taklif qilaman», - dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, kasbiy mahorat va madaniyatni oshirish, har qanday holatda ham qonun, adolat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib ish ko‘rish – har bir sudyaning eng ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
Sudlar tomonidan qabul qilingan har bir qaror, eng avvalo, adolatli, qonuniy va asosli bo‘lishi shart. Shundagina odamlarimizda har qanday holatda ham adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanadi, dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida