10 oktyabr kuni o‘tgan Ijtimoiy media mahsulotlari X Milliy festivalida Bibisi o‘zbek xizmati "O‘zbekiston do‘stlari" diplomi va esdalik belgisi bilan taqdirlandi. Bunday mukofot O‘zbekistonda Bibisiga birinchi marta berilishidir.
"To‘g‘risi kutmagandim. Bibisi o‘zbek xizmati bir necha xalqaro mukofotlarni olgan. Ammo O‘zbekistonda hech qachon bu tarzda taqdirlanmagan. Bibisi birinchi marta O‘zbekistonda do‘st sifatida taqdirlandi. Umid qilamanki, bu taqdirlov o‘zbek hukumatining Bibisiga nisbatan munosabati iliqlashgani, qandaydir ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani nishonasidir. Bibisi dunyoni O‘zbekistonga, O‘zbekistonni dunyoga tanitishda davom etadi", deydi Bibisi o‘zbek xizmati bosh muharriri Xayrullo Fayz Turon24ga.
Xayrullo Fayz. Bibisi o‘zbek xizmati bosh muharriri
Bibisi 2005 yili O‘zbekistondan chiqib ketgan edi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Parijga qilgan tashrifi chog‘i Bibisiga O‘zbekistonda faoliyat yuritishi uchun ruxsat bo‘lishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi