date
views 8 688

Saytimizga izlanuvchan va serg‘ayrat xodimlarni ishga taklif etamiz!

Saytimizga izlanuvchan va serg‘ayrat xodimlarni ishga taklif etamiz!
«Zamin.uz» sayti o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida yosh, izlanuvchan va serg‘ayrat xodimlarni ishga taklif etadi.
Siz o‘zingizni to‘laqonli namoyon etishingiz uchun yuqori ish haqi, qulay sharoit, yoqimli muhit kafolatlanadi. Ishga suhbat asosida qabul qilinadi.

Sizga qo‘yiladigan talablar:

- OAV sohasida kamida 1 yil ish tajribangiz bo‘lishi;
- yoshingiz 22 dan 40 gacha bo‘lishi;
- oliy ma’lumotli bo‘lishingiz;
- kompyuterda bemalol ishlay olishingiz;
- xabarlarni rus (ingliz) tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila olishingiz;
- xabarlar, mualliflik maqolalarini yoza bilishingiz;
- turli tadbirlardan xabarlar tayyorlashingiz.

«Zamin.uz» Sizga quyidagilarni taklif qiladi:

- yangi kompyuterda ishlash;
- metroga yaqin joydagi ofis;
- oylik: 1,0 mln. so‘m va undan yuqori;
- kuchli, pozitiv, xushchaqchaq jamoa;
- jamoaviy o‘tkaziladigan turli tadbirlar;
- rasmiy mehnat shartnomasi;
- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat.

Nomzodlardan [email protected] elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma’lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma’lumotlar) yuborish so‘raladi.

Shuningdek, +998 97 750 12 18 raqamidagi telegramga ma’lumotingizni yuborishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saytimizga izlanuvchan va serg‘ayrat xodimlarni ishga taklif etamiz!