date
views 4 710

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr sadolari yangramoqda (foto+video)

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr sadolari yangramoqda (foto+video)
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va bir guruh kursantlardan tashkil topgan «Harbiy vatanparvarlik karvoni» Toshkent shahrida joylashgan «Chorsu» savdo majmuasi hamda Mirobod tumani dehqon bozorida o‘zgacha konsert dasturini namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Kun davomida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. Akademiyaning 3-bosqich kursanlaridan tashkil topgan faxriy qorovul guruhi tomonidan qurol bilan bajarilgan ko‘rgazmali chiqishlar esa barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, poytaxt markazi – «Mustaqillik» va «Amir Temur» xiyobonlari, qator bozorlar hududida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri ijrosida yangragan navolar barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr sadolari yangramoqda (foto+video)