19:22 / 27.12.2018
6 164

O‘zbekiston boks federatsiyasi a’zolari Rufat Risqiyev xonadoniga tashrif buyurdi (foto)

O‘zbekiston boks federatsiyasi a’zolari Rufat Risqiyev xonadoniga tashrif buyurdi (foto)
Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxurlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniyat belgisidir.

O‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lgan bunday yuksak fazilatlar mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho ma’naviy boylik, hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan qadriyatlarimizdan biridir. Ayniqsa bayram bahonasida mehnat faxriylarini yo‘qlash odat tusiga aylangan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi yangi yil arafasida ana shunday xayrli ishga qo‘l urdi. Mamlakatimiz sharafini havaskor va professional ringlarda munosib himoya qilayotgan bokschi va murabbiylar, federatsiya mutassadilari o‘zbek bokschilari o‘rtasida birinchi bo‘lib jahon chempioni bo‘lgan, Olimpiada o‘yinlari sovrindori, xalqaro turnirlar g‘olibi Rufat Risqiyev xonadoniga tashrif buyurib u bilan dildan suhbat qurishdi.




Qari bilganni pari bilmas deganlaridek, boks faxriysi yosh charm qo‘lqop ustalariga ushbu sohada muhim bo‘lgan tavsiyalarni berdi. O‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Albatta bu kabi uchrashuvlar yosh bokschilar uchun kelgusida asqotishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston boks federatsiyasi a’zolari Rufat Risqiyev xonadoniga tashrif buyurdi (foto)