11:15 / 01.01.2019
16 698

Yigitali va Muqaddasdan oilaviy suratlar (foto)

Yigitali va Muqaddasdan oilaviy suratlar (foto)
Muqaddas Sa’dullayeva 23 dekabr kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Aktrisa turli хil gap-so‘zlar va shov-shuvlar sababli instagramdagi shaxsiy sahifasida aktyor Yigitali Mamajonov bilan oilaviy suratlarini joylashtirib, muxlislariga quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi.

Muqaddas Sa’dullayeva:
«Assalomu aleykum yaxshilar juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Allohimga Hamdu sanolar bo‘lsin, mana shu chiroyli Baxtimizga Baxt qo‘shgan kun ham keldi. Xonadonimizga sal kam 1 yillik shirin turmushimizning, muhabbatimizning mevasi AbuBakr Siddiq kuni kecha ilk bor yangi mehmon bo‘lib keldilar! Baxtni ko‘z-ko‘z qilish yaxshilikka olib kelmasligini hayotiy tajribamda, yaqinlarimda ko‘p guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham chiroyli turmushimiz hech kimni nazarida bo‘lishini istamadik, shu kungacha Alhamdulillah tinch-totuv yashab kelyapmiz, lekin qarasam oxirgi kunlar haqiqat astalik bilan ochilib, g‘alamis qalbi qora insonlarning quroliga aylanib har xil tuhmat, bo‘htonlar bilan oilamiz sha’niga xunuk gaplar gullay boshladi. Shuning uchun bugun oxiri Baxtimni faqatgina yaxshilar, qalbi toza insonlar bilan bo‘lishishni istadim. Men Baxtliman, qaynonam oyijonimdek, turmush o‘rtog‘imdek qalbi toza, mehribon, insofli diyonatli insonlar hozirda juda kam. Oilada Baxtning kalitini esa iymonli turmush o‘rtog‘imga, har qanday vaziyatda ham itoatli bo‘lishda deb bilaman! Aytib o‘tishim lozimki, biz hech kimni oilasini buzib turmush qurganimiz yo‘q, baxtini ham tortib olganimiz yo‘q. Biz faqatgina Alloh buyurgan yo‘lda, dunyoqarashlarimiz to‘g‘ri kelib, qalblarimizni hamda hayotimizni tutashtirdik xolos! Barcha-barchaga, yaxshilarga faqatgina baxtni, yaxshiliklarni tilab qolaman! Azizlar, insonlarga qo‘lingizdan kelsa yaxshilik qiling, yaxshilik qilish kelmasa, yomonlik ham qilmang. Yaxshilik qilolmagan insoningizga hech bo‘lmasa yomonlik qilmaslik imkoniyatingiz bor. Insondan faqatgina dunyoda yaxshilik qoladi! Kuningiz xayrli o‘tsin!»

O‘g‘il farzandlik bo‘lgan Yigitali va Muqaddas, farzandlariga AbuBakr Siddiq deb, ism berdilar.



Yigitali va Muqaddasning avvalgi turmushlaridan farzandlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yigitali va Muqaddasdan oilaviy suratlar (foto)