2019 yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti «Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, Moliya vazirligi turizm loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019-2021 yillarda har yili 1 fevralga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 5 million AQSh dollari ekvivalentidagi pul mablag‘larini o‘tkazadi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 fevraliga qadar foto va videotasvirga olish mumkin bo‘lmagan hududlar va jamoat joylarining ob’ektlari ro‘yxatini tasdiqlashi kerak.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘sha tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq 2019 yilning 1 martiga qadar foto va videotasvirga olish ta’qiqlangan tegishli ko‘rsatkich belgilarni ikki va undan ortiq (ingliz, rus va boshqa) tillarda o‘rnatishi lozim. Tegishli belgilar bo‘lmagan joyda foto va videotasvirga olishga to‘sqinlik qilinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi