Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti Universiteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar