10:16 / 15.01.2019
3 980

Tafakkur: kim afzalroq?

Tafakkur: kim afzalroq?
– Hasharotlarni oʻldirsa boʻladimi?
– Bironta sabab boʻlmay turib, hech kim va hech narsani oʻldirish joiz emas. Ular haqida soʻraladi.

– I-ye, kichkinagina hasharotchalar shunchalik qadrlimi, juda unchalikmasdir?
– Dinimizda besabab biron jonni oʻldirish man qilingan. U odammi yoki hayvonmi yo boʻlmasa hasharotmi, farqi yoʻq.

– Eh-he-ye, unday boʻlsa juda qiyin boʻlib ketmaydimi? Nima pashsha, ari kabi zararkunandalarni ham avval soʻrab, keyin oʻldirarkanmizda boʻlmasam.
– Birinchidan, hamma hasharot ham zararkunanda emas. Qolaversa sizning ismingiz Qurʼonda zikr qilinmagan, senga xitob boʻlmagan, qiladigan ishlaring hoslab koʻrsatilmagan, toʻgʻrimi?

– Ha-a endi-i...
– Lekin siz mensimayotgan kichkinagina hasharotni olamlar Robbisi boʻlmish Haq taolo oʻz kalomida zikr qilgan. To qiyomatgacha musulmonlarga qayta-qayta oʻqiydigan oyatlar qilib qoʻygan. Nima ish qilishi, qayerlarda yurishi, qanday boʻlishini vahiy qilib qoʻygan.

Xoʻsh, kim afzal ekan?! Siz bilan mendan koʻra oʻsha hasharotcha afzalroq emasmikan?!

Insonning mukarramligi oyat bilan sobit boʻlgan. Lekin hamma inson ham mukarram boʻlavermaydi-da. Alloh taolo buyurganlari va qaytariqlariga amal qilgan inson mukarramdir!

“Robbing asalariga: “Togʻlardan, daraxtlardan va koʻtarilgan soʻritoklardan uy tutgin. Soʻngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin”, deb vahiy qildi”. (“Nahl” surasi, 68-69-oyatlar).
Sunnatulloh ABDULBOSIT

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tafakkur: kim afzalroq?