22:20 / 15.01.2019
3 632

Toshkentda Open air kinoteatrlari, sun’iy plyaj maskanlari tashkil etiladi

Toshkentda Open air kinoteatrlari, sun’iy plyaj maskanlari tashkil etiladi
Foto: Spot
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, deb yozadi Daryo.

Unga ko‘ra, magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me’morchiliklarini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar shuningdek, amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy ko‘ngilochar maskanlar ochish belgilangan.

Xususan, yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, Wi-Fi hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.

Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda Book cafe, Open air (ochiq osmon ostidagi) kinoteatrlari, «Ekstremal sport turlari», «Sun’iy plyaj» loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

«Bo‘zsuv» kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan «Gondola» qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Open air kinoteatrlari, sun’iy plyaj maskanlari tashkil etiladi