09:53 / 16.01.2019
3 819

Namanganda do‘kondan 1,5 ming dollar olib chiqayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda do‘kondan 1,5 ming dollar olib chiqayotgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati
Uychi tumanidagi savdo do‘konida sodir bo‘lgan o‘g‘irlik tuman IIB qo‘riqlash bo‘limi texnik qo‘riqlash punktiga kelib tushgan xabar natijasida tezda aniqlandi. Bu haqda «Daryo» viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qildi.

Voqea joyi — tumandagi «Bog‘» mahallasiga 3 daqiqa ichida yetib borgan texnik qo‘riqlash punkti xodimlari tadbirkor Sherzod Tillaboyevga qarashli oziq-ovqat do‘konidan chiqib kelayotgan shubhali shaxsni qo‘lga oldi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlikni amalga oshirishda unga sheriklari ham yordam bergan: ulardan biri atrofni kuzatib turgan, ikkinchisi esa haydovchi vazifasini bajargan.

Uchchovlon o‘ylagan reja amalga oshmadi. Gumondorlardan do‘kondan olib chiqilgan 1550 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda do‘kondan 1,5 ming dollar olib chiqayotgan shaxs qo‘lga olindi