date
views 3 578

Toshkentning yangi logotipi yaratildi

Toshkentning yangi logotipi yaratildi
Foto: Azamat Shamuzafarov
Internetda Artemiy Lebedevning studiyasi tomonidan yaratilgan Toshkentning yangi logotipi suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.
Ilk kadrlar «Sha vse budet» («Hozir hammasi bo‘ladi») telegram-kanaliga joylangan.

«Mana Lebedevning Toshkent logotipi g‘oyasi qisman paydo bo‘ldi. G‘oya tushunarli. Mening bu boradagi fikrim o‘zgarmadi. Ushbu studiyaning ishini hurmat qilgan holda aytaman, bu sust», — deb yozadi bloger o‘zining kanalida.

Foydalanuvchilarning fikri ikkiga bo‘lingan. Kimdir logotipni ajoyib va zamonaviy desa, yana kimdir u Toshkent ruhiyatini aks ettirmayapti, degan fikrda.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida poytaxtning sayyohlik brendi shakllantirilishi doirasida poytaxt hokimiyati tomonidan shaharning logotipi taqdim etilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning yangi logotipi yaratildi