
Kecha, 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
"Bugun soat taxminan 18:40 da Toshkent shahri Uchtepa tumani 23-kvartalda joylashgan 20-uyning 5-qavatdan 2-qavatgacha ustma-ust joylashgan to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushdi”, deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Foto: IIBB matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: IIBB matbuot xizmati
Balkonlar vayron bo‘lishiga g‘ishtdan qurilgan devor isitilishi tufayli osma balkon konstruksiyasining buzilishi sabab bo‘lganligi aytilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar