19:30 / 18.01.2019
5 093

O‘zbekiston birinchi prezidentining samolyoti sotildi

O‘zbekiston birinchi prezidentining samolyoti sotildi
1997 yilda O‘zbekiston rahbariyati uchun maxsus ishlab chiqarilgan, Uzbekistan Airways kompaniyasining British Aerospace Avro RJ85 uchta samolyotidan bittasi (bort raqami UK-80001) sotildi.

AviaSpotter Telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, bort O‘zbekiston birinchi prezidentiga xizmat ko‘rsatgan. 1997-2013 yillarda Islom Karimov bu samolyotda O‘zbekiston viloyatlari va yaqin xorijdagi davlatlarga parvoz qilgan.

Aviatsiya ixlosmandlari orasida samolyot «tulki» yoki «rijik» laqabini olgan. Ma’lum bo‘lishicha, qolgan «rijik»lar ham (UK-80002 va UK-80003) sotish uchun tayyor turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston birinchi prezidentining samolyoti sotildi