date
views 3 288

Mashhurlikka intilgan blogerlarning faoliyati uzoqqa bormadi (video)

Mashhurlikka intilgan blogerlarning faoliyati uzoqqa bormadi (video)
Toshkentda bir guruh blogerlarning noqonuniy xatti-harakatlari ichki ishlar organlari xodimlari e’tiboriga tushdi. Ular qanday qilib mashhur bo‘lmoqchi edilar?

Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘zlarini blogerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan videolavhalar joylashtirilgan. Bu haqda "Mening yurtim" telekanalida efirga chiqqan lavhada aytiladi.

Qayd etilishicha, ushbu videoroliklarga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilgan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, bolalar tomonidan tayyorlangan videolarning biri poytaxtda joylashgan supermarketda o‘zlarining tanishi yordamida olingan bo‘lib, unda sun’iy janjal uyushtirilib, jamoat joyida haqoratli so‘zlarni qo‘llaganliklari va shuningdek, bu qahramonlar Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan avtomashinani olib qochib, uning ortidan sherigi boshqa avtoulov orqali quvib o‘tgan holda yo‘l xavfsizligi qoidalariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirganliklari ayon bo‘lgan.

Yuqoridagi harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, EKIH 3 barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan va haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilgan.

"Biz bu videorolikni tasvirga olishda rus blogerlarining g‘oyasidan foydalanib, takrorlashga harakat qilib ko‘rdik. Birinchi navbatda biz qonunlarimizni buzdik va bu bilan boshqa insonlarni hayotini xavf ostiga qo‘yganimizni anglab yetdik. Asosiy bu xatolarni boshqa qaytarmaslik kerakligi angladik va bu videorolikni albatta o‘chirib tashlayman", - deb afsusdagiligini bildirdi blogerlardan biri.
VIDEO
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhurlikka intilgan blogerlarning faoliyati uzoqqa bormadi (video)