15:10 / 22.01.2019
4 040

Germaniya kompaniyasi Toshkentda «Disneylend» qurishni taklif qildi

Germaniya kompaniyasi Toshkentda «Disneylend» qurishni taklif qildi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Germaniyaning RIMC Hotels & Resorts kompaniyasi rahbari Gert Prantner bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatish xususida so‘z yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda «Disneylend» kabi ko‘ngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.


Yig‘ilishda kompaniya va hokimlik o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqilgan.
Ma’lumot uchun, 30 yillik tarixga ega kompaniya dunyo miqyosida xalqaro mehmonxonalar yetakchi operatori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniya kompaniyasi Toshkentda «Disneylend» qurishni taklif qildi