
2019 yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxslar yuziga niqob kiyib, qurollangan holda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi A.Sh.ning uyiga bostirib kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular unga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan hamda A.Sh.ning qizi va turmush o‘rtog‘ini qo‘rqitib, milliy hamda xorijiy valyutadagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvlik qishlog‘ida yashovchi va vaqtincha Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qo‘rg‘onida yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar