Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i B.Q. fuqaro B.M. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tasarrufidagi kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish uchun pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda hokimlik mutasaddisi talab qilgan 1200 dollarning 500 dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Q. va B.M.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?