
Foto: «Samarkandskiy vestnik»
Samarqand shahrida binoning ustki qismiga o‘rnatiladigan ilk svetodiodli ekran paydo bo‘ladi, deb xabar berdi «Samarkandskiy vestnik».
Ekran Ko‘ksaroy maydonidagi kengashlar uyiga o‘rnatiladi.
1000 kvadrat metr maydonga o‘rnatiladigan super ekranda Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlari haqida ma’lumotlar va ijtimoiy videoroliklar namoyish etiladi.
Xuddi shunday ekran bugungi kunda Toshkentdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasiga ham o‘rnatilgan.
Viloyat hokimligining ushbu tashabbusi Yangi yilga qadar amalga oshirilishi kerak edi, biroq texnik sabablarga ko‘ra svetodiodli ekranni o‘rnatish ishlari kechiktirilgan edi. Hozirgi paytda svetodiodli ekranni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar