
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘tgan haftada Yangiyo‘l va Zangiota tumanlarida deputat bilan uchrashuv mahalliy hokimiyatning aybi bilan ko‘ngildagidek o‘tkazilmagani haqida ma’lum qilgandi.
Oliy Majlis deputati bu haqda yozganidan so‘ng, voqea mamlakat bo‘ylab keng muhokama qilindi.
«Oltin voha» telegram kanalining xabar berishicha, bugun Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov ushbu holatga e’tibor qaratgan. «Bir so‘z bilan aytganda, sharmandagarchilik bu», degan viloyat hokimi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oliy Majlis deputatiga, xalq vakiliga hurmatsizlik qilingani, tashkiliy yo‘nalishda xato-kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun bir qator rahbarlarga intizomiy jazo berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar