Illyustrativ foto
Kecha, 3 fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko‘chasida sodir bo‘lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib o‘zaro janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so‘rab o‘rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, yigit vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi