Bugun, 8 fevral kuni O‘zbekiston Davlat sirkida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkillashtirildi va bu maskan faoliyati hamda rejalari tanishtirildi.
Press-tur doirasida jurnalistlar sirkning artist jonivorlarining yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Ayniqsa, bir qafasda saqlanayotgan bo‘ri va qo‘y ko‘pchilikni hayratga soldi.
Sirk xodimi Akmal Abdullayev bu holatga izoh berdi.
«Dunyo tajribasida ham bo‘rini o‘rgatish juda qiyin amaliyot hisoblanadi. Ammo qo‘y va bo‘rini bir dasturga moslashtirish haqiqiy kamyob hodisa deb bemalol ayta olaman. Ko‘rib turganingizdek, bizning bu artistlarimiz bir qafasda ma’lum muddat saqlansa-da, ko‘pchilik o‘ylaganidek bo‘ri qo‘yni yeb qo‘ymaydi. Albatta, buning siriga qiziqishingiz tabiiy. Sir shundaki, bu ikki jonivor yoshligidan birga o‘sishgan va doimiy nazoratda o‘rgatib borilgan. Hozir ham ma’lum muddat bir qafasda saqlasak-da, umumiy dasturlarga birga olib chiqsak-da, muntazam nazorat qilib boramiz. Chunki, bo‘ri baribir yirtqich jonivor, har daqiqada o‘z xususiyatini namoyish etishi mumkin», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi