O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jomboy tuman bo‘limi energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘’basi davlat inspektori vazifasida ishlab kelayotgan S.N. MIBga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 1000 dollar talab qilganida qo‘lga olindi va sud qilindi.
U Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Sh.B. bilan gaplashib qolib, uni 1000 AQSh dollari evaziga Byuro organlariga vakolatli shaxslar orqali ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi.
S.N. Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tizimiga ishga qabul qilish masalasini boshqarma mansabdor shaxslar orqali hal qilib berishi evaziga Sh.B. dan 1000 dollarni Jomboy tumani «Samarqand» mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Sudya F.Xudoyberdiyev raisligida o‘tkazilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining ochiq sud majlisida S.N. aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, haqiqatdan ham u Sh.B. bilan Samarqand qishloq xo‘jalik institutida talabalik davridan buyon tanishligini, Byuro organlariga ishga kirishida amaliy yordam bera oladigan tanishlari yo‘qligini, ushbu haqida Sh.B.ga yolg‘on gapirganini, o‘zini xuddi Byuro organlariga ishga kiritishda amaliy yordam bera oladigan tanishi bordek ko‘rsatganini gapirib bergan.
Sudlanuvchi S.N. sodir qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytgan va suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan, S.N.ga uzil-kesil 3 yil muddatga muayyan huquqdan — davlat ishtirokidagi tashkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida hamda Majburiy ijro byurolarida ishlash huquqidan mahrum etib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi