Dunyo bo‘yicha o‘zbek tilida qancha odam gaplashishini bilasizmi?

Jamiyat1 daqiqa o'qish19.8K
Dunyo bo‘yicha o‘zbek tilida qancha odam gaplashishini bilasizmi?
O‘zbek tilining jahonda tarqalish darajasi haqida har xil ma’lumotlar aytiladi. Aniq ma’lumotlar 1989 yilga oid, undan keyingi ma’lumotlar esa taxminiy.

O‘zbek tilida gapiruvchilarning sonini aniqlashda bir narsani inobatga olish kerak: o‘zbek tilida gapiruvchilar soni o‘zbek millatiga mansub odamlar soniga teng emas. Shuning uchun milliy statistika aks etgan ma’lumotlar til mansubiyatini to‘liq aniqlab bermaydi. So‘rovlarda til masalasi alohida o‘rganiladi.

Bugun talabalar bilan hisoblab ko‘rdik. O‘zbek tilida ona tili sifatida gapiradiganlar soni dunyo bo‘ylab 33 milliongacha borishi mumkinligi haqida xulosaga keldik:

O‘zbekistonda — 22-25 million;
Afg‘oniston — 2,9-3,2 million;
Tojikiston — 1,3-2 million;
Qirg‘iziston — 1,2 million;
Qozog‘iston — 800 ming;
Turkmaniston — 600 ming;
Boshqa davlatlar — 100-200 ming.

Lekin o‘zbek tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida biladiganlar soni nisbatan ko‘proq. Aytaylik, O‘zbekistonning mutloq ko‘pchilik fuqarolari o‘zbek tilini biladi, eng kamida 30 million. Qo‘shni respublikalarda ham o‘zbeklar bilan qo‘ni-qo‘shnichilik natijasida o‘zbek tilini o‘rgangan o‘n minglab odamlar bor. Ularning safiga o‘zbek tilini o‘rganuvchi odamlar ham qo‘shiladi. Shunday qilib, o‘zbek tilini biluvchilar soni 40 millionga yaqinlashadi.

Bu raqamlarga nima deysiz? Sizningcha, ular haqiqatga yaqinmi?
Eldar ASANOV

Manba: Azon.uz

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?