5 713
Prokuratura Samarqanddagi «Umar» qurilish kompaniyasi rahbari ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
13 fevral kuni Samarqandda yirik tadbirkor Umar Rajabov va uning o‘g‘li Ruslan Rajabov qamoqqa olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bugun, 14 fevral kuni Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan mazkur tergov ishi doirasida dastlabki ma’lumot berildi. Garchi, ma’lumotda tadbirkorning yoki uning o‘g‘lining ism-sharifi rasman tilga olinmagan bo‘lsa-da, tarqalgan xabarlar, tashkilotlar nomi va faoliyat turiga ko‘ra aynan mana shu mavzuda gap ketayotganini anglash mumkin.
«Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan JKning 168-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Aniqlanishicha, O.R. «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MChJni ta’sis etib, norasmiy ravishda boshqarib kelib, F.F., Sh.A., R.R. va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand shahrining tegishli qismlarida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, fuqarolar N.K., Ch.A., R.A. ko‘rsatilgan manzilga ko‘p qavatli uy-joy qurishini aytib, ularni aldab, firibgarlik yo‘li bilan 900 mln. so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ini qo‘lga kiritgan.
11.02.2019 yilda O.R., R.R., F.F. va Sh.A. JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
13.02.2019 yilda O.R., R.R., F.F. va Sh.A.ga JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandida, 189-moddasida, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida va 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda», - deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, «Umar» kompaniyasi 2016 yilda Samarqandning Mironshoh ko‘chasida ko‘p qavatli uy qurilishini boshlagandi. 2018 yilning iyunida YuNESKO bu qurilishga e’tiroz bildirgan, o‘z navbatida Samarqand shahri hokimligi ham uy buzilishi to‘g‘risida qaror chiqargandi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» shirkatiga Samarqand shahrining avvalgi hokimi Vohid Sanaqulovich Rahimov tomonidan imzo chekilgan (u 2017 yilning avgustida ishdan olingan) qaror bilan Mironshoh ko‘chasida 2 qavatli savdo markazi qurishga ruxsat berilgan. Ammo tadbirkor bu hududda 7 qavatli uy qurishni boshlagan. 2018 yilning iyunida Samarqand shahrining hozirgi hokimi Furqat Rahimov qaroriga asosan binoni buzish ishlari boshlangach, binodagi uylar uchun avvaldan buyurtma qilib, haq to‘lab qo‘ygan mijozlar pullarni qaytarishni talab qila boshlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?