10:35 / 15.02.2019
4 983

Turmush o‘rtog‘i bilan arazlashib qolgan ayol o‘z uyiga "o‘g‘irlikka tushdi"...

Turmush o‘rtog‘i bilan arazlashib qolgan ayol o‘z uyiga "o‘g‘irlikka tushdi"...
Ochilmagan jinoyatlarni fosh etish borasida o‘tkazilayotgan qidiruv-surishtiruv tadbirlari davomida 2016 yilning 24 iyul kuni Romitan tumanida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi, deb xabar berdi Buxoro IIB.
Jumladan, Romitan tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A. ismli fuqaro tuman IIBga ariza orqali murojaat qilib, 2016 yil 23 iyul kunidan 24 iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uyida hech kim bo‘lmaganligidan foydalanib, yashash xonasiga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonadagi shkaf ichidan 100 AQSh dollari va 900.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i, shu manzilda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N. sodir qilganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu vaqtda er-xotin o‘zaro kelishmay yurganliklari sababli, xotini eridan yashirin ravishda ushbu buyumlarni chiqarib sotgan.
JKning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Turmush o‘rtog‘i bilan arazlashib qolgan ayol o‘z uyiga "o‘g‘irlikka tushdi"...
[/banner_pushhouse