
O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar barmoq izlarini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat loyihasida aytilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida:
shaxsni identifikatsiyalash vositalari;
videofiksatsiya qurilmalari;
mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel);
barmoq izlarini tekshiruvchi;
metallodetektorlar;
monitorlar bilan har yili test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni jihozlaydi.
2020 yildan boshlab Davlat test markazini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel), barmoq izlarini tekshiruvchi, videokuzatuv kameralari hamda audioyozuv qurilmalari xarid qilinadi.
Test SinovlariO‘zbekistonBarmoq IzlariIdentifikatsiyalash VositalariVideofiksatsiya QurilmalariMobil AloqaDavlat Test MarkaziAxborot TexnologiyalariKommunikatsiyalarni Rivojlantirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar