Foto:UzNews.uz
UzNews.uzʻning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, 11 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970 yilda tugʻilgan fuqaro B.Yu. ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981 yilda tugʻilgan fuqaro D.A. sobiq turmush urtogʻi 1979 yilda tugʻilgan fuqaro Sh.M.ni oʻldirishi uchun unga 1500 AQSH dollari vaʼda qilayotganligi xaqida maʼlum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 13 fevral kuni soat 20:00da B.Yu. buyurtmachi D.A. bilan uchrashib, unga qotillik jinoyati sodir etilganligi sahnalashtirilgan foto suratlar hamda sobiq turmush oʻrtogʻiga tegishli ayollar sumkasi berilganidan soʻng buyurtmachi D.A. ishni bitirganligi uchun fuqaro B.Yu.ga kelishilgan puldan 400.000 soʻmini berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro D.Yu.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi