06:33 / 18.02.2019
7 964

Toshkentda IIBB xodimi shafqatsizlarcha kaltaklandi

Toshkentda IIBB xodimi shafqatsizlarcha kaltaklandi
2019 yil 15 fevral kuni soat taxminan 20:30 larda Toshkent shahridagi «Karimbek» kafesida Qashqadaryodan poytaxtga tashrif buyurgan to‘rt nafar erkak yuzaga kelgan janjal tufayli ichki ishlar xodimini shafqatsizlarcha kaltakladi.
Mushtumzo‘rlarning ikki nafari 1987 yili tug‘ilgan, uchinchisi 33 yoshda, to‘rtinchi ishtirokchi esa 39 yoshda ekani aniqlangan. Yana shu narsa aniqlandiki, jabrlanuvchi 2010 yildan Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilgan.

Jabrlanuvchining bosh miyasi va bosh suyagi jiddiy shikastlangan. Chap chakkasiga ham og‘ir jarohat yetkazilgan.
Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat majmuasining 104-moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xuddi shu modda bo‘yicha mushtumzo‘rlar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda IIBB xodimi shafqatsizlarcha kaltaklandi